Xizmatlar Portfolio Jamoa Akademiya Blog Bog'lanish

UX Tadqiqot: Foydalanuvchilarni Haqiqiy Tushunish

1,079 1 daq

UX tadqiqot ikki turga bo'linadi: sifatli (nima uchun?) va miqdoriy (qancha?). Sifatli metodlar: chuqur intervyu, usability testing, card sorting. Miqdoriy metodlar: so'rovnomalar, analytics ma'lumotlari, A/B testing. Ikkalasi birga ishlatilsa to'liq manzara hosil bo'ladi.

Jobs to Be Done (JTBD) framework — foydalanuvchi mahsulotdan nima "ish" kutishini tushunish uchun kuchli vosita. "Qachon men [vaziyat] da bo'lsam, men [motivatsiya] uchun [mahsulot] ni hire qilaman" shablon orqali haqiqiy ehtiyojlar topiladi. Empathy map foydalanuvchining his-tuyg'ulari, o'ylari va xatti-harakatlarini vizualizatsiya qiladi.

Bu mavzu bo'yicha kurslarimiz
Ulashish