HTML5 semantik teglar — <header>, <main>, <article> — sahifangizga aniq ma'no va tuzilish beradi. Bu teglar SEO uchun ham, ekran o'quvchilar uchun ham muhim. Brauzerlar ushbu teglarni qo'llab-quvvatlagani sababli, eski <div id="header"> yondashuvi eskirib bormoqda.
CSS3 Flexbox va Grid layout tizimlar yordamida murakkab sahifa tartiblarini minimal kod bilan yaratish mumkin. custom properties (CSS o'zgaruvchilar) dizayn sistemasini qurishni ancha osonlashtiradi. @media so'rovlari orqali bir xil kod turli qurilmalarda chiroyli ko'rinadi.
Bu mavzu bo'yicha kurslarimiz