SaaS (Software as a Service) — obuna asosidagi dasturiy ta'minot modeli. Asosiy ustunligi: takroriy daromad (MRR — Monthly Recurring Revenue), past marginal xarajat (yangi foydalanuvchi qo'shish arzon). Salesforce, Notion, GitHub — dunyo miqyosida muvaffaqiyatli SaaS misollari.
SaaS sog'ligini o'lchash uchun muhim metrikalar: MRR (oylik takroriy daromad), ARR (yillik), Churn rate (obunachil tark etish), LTV (Customer Lifetime Value), CAC (Customer Acquisition Cost). LTV/CAC > 3 — sog'lom nisbat. Freemium modeli (bepul + premium) keng qamrov, lekin konversiya past. Product-led growth (PLG) — mahsulotning o'zi marketing vositasiga aylanadi.
Bu mavzu bo'yicha kurslarimiz