Xizmatlar Portfolio Jamoa Akademiya Blog Bog'lanish

Vite vs Webpack: Qaysi Biri Tezroq?

1,329 1 daq

Webpack — uzoq yillar standart bo'lib kelgan, kuchli va moslashuvchan bundler. Katta ekotizim va plugin larga ega. Biroq konfiguratsiya murakkab bo'lib, katta loyihalarda hot reload sekin ishlashi mumkin.

Vite esa native ES modules dan foydalanib, development vaqtida umuman bundle qilmaydi — brauzer to'g'ridan-to'g'ri fayllarni yuklaydi. Bu hot reload ni deyarli bir zumda amalga oshiradi. Production uchun Rollup ishlatiladi. Yangi loyihalar uchun Vite aniq tanlov, eski loyihalar uchun Webpack dan ko'chirish asta-sekin amalga oshirilishi mumkin.

Bu mavzu bo'yicha kurslarimiz
Ulashish