Yaxshi REST API — resursga yo'naltirilgan URL lar (/users/42/orders), to'g'ri HTTP metodlari (GET, POST, PUT, DELETE) va ma'noli status kodlar (200, 201, 404, 422) bilan quriladi. Versiyalash (/api/v1/) API ni o'zgartirish imkonini beradi, eski mijozlar ishlashda davom etadi.
Xato javoblar har doim bir xil formatda bo'lishi kerak: {"error": "...", "details": [...]}. Pagination uchun page va per_page yoki cursor-based yondashuv ishlatiladi. Rate limiting esa API ni suiiste'moldan himoya qiladi.
Bu mavzu bo'yicha kurslarimiz