Open source — kod ochiq, bepul ko'rish, o'zgartirish va tarqatish mumkin. Internet infratuzilmasining 96% i open source ilovalar asosida ishlaydi. Linux, Apache, MySQL, PHP — LAMP stack veb hosting tarixini yaratdi. Android, Chromium, VS Code, React, Vue — barchasi open source.
Open source biznes modellari: Support va xizmat (Red Hat, Canonical), Open core (asosiy ochiq, kengaytirilgan versiya pullik — GitLab, Elasticsearch), SaaS (MongoDB Atlas), Dual licensing. Kontributorlik — GitHub da open source ga hissa qo'shish portfolio uchun ajoyib. Apache, MIT, GPL, LGPL — turli litsenziyalar turli cheklovlar bilan. Copyleft (GPL) — ochiq koddan foydalanganingizda o'zingiz ham ochiq qilishingiz kerak.
Bu mavzu bo'yicha kurslarimiz