Kubernetes (k8s) — konteynerlarni avtomatik joylash, miqyoslash va boshqarish uchun ochiq manbali tizim. Asosiy tushunchalar: Pod (eng kichik birlashma — bir yoki bir nechta konteyner), Node (fizik yoki virtual server), Cluster (Node lar to'plami), Namespace (mantiqiy ajratish).
Workload resurslari: Deployment (stateless ilovalar uchun, rolling update), StatefulSet (ma'lumotlar bazasi kabi holatli ilovalar), DaemonSet (har Node da bir dona). Service turlari: ClusterIP (ichki), NodePort (tashqi port), LoadBalancer (cloud load balancer). Ingress — HTTP/HTTPS trafikni marshrutlash. Helm — Kubernetes uchun paket menejeri. K8s murakkab — kichik loyihalar uchun Docker Compose yoki PaaS ko'pincha yaxshiroq tanlov.
Bu mavzu bo'yicha kurslarimiz