Blockchain — bloklarga zanjirlab bog'langan, kriptografik jihatdan himoyalangan, tarqatilgan daftar. Har blok: avvalgi blok hash i, tranzaksiyalar, timestamp va nonce dan iborat. SHA-256 hash funksiyasi — bitta belgini o'zgartirish butun hashni o'zgartiradi. Bu o'zgartirib bo'lmaslikni (immutability) kafolatlaydi.
Konsensus mexanizmlari: Proof of Work (Bitcoin — energiya sarflab, hisoblash o'yini), Proof of Stake (Ethereum 2.0 — mulk garovga qo'yib, energiyani tejash). Aqlli shartnomalar (smart contracts) — kod sifatida avtomatik bajariluvchi shartlar. Haqiqiy qo'llanishlar: ta'minot zanjiri kuzatuv, attestatlar, ovoz berish tizimlari. Kriptovalyuta — blockchainning bitta qo'llanishi, asosiy texnologiya emas.
Bu mavzu bo'yicha kurslarimiz